AKASHAK
AKASHAK, kontraktura — bo’g’im harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi. Bunda muskul protoplazmasi kolloidi xususiyatlarining o’zgarishi natijasida muskul uzoq vaqt qisqarib qoladi. Akashakga ko’pincha kuyish, jarohatlanish, yallig’lanishdan so’ng paydo bo’lgan chandiqlarning tortishishi yoki gips bog’lam qo’yilishi tufayli bo’g’imning uzoq vaqt qimirlamasligi, shuningdek Markaziy yoki periferik nerv sistemasiinng shikastlanishi va boshqalar sabab bo’ladi. Davosi: shifobaxsh gimnastika, fizioterapiya, balchiq surkash, issiq qilish, mexanoterapiya, ba’zan jarrohlik usuli qo’llaniladi.