AKASI

AKASI — Yaponiyadagi shahar va port, Xonsyu orolining Janubiy-g’arbida, Xiogo prefekturasida, ichki Yapon dengizi sohilida. Aholisi 263 ming kishi (1991). Tezyurar poyezdlar temir yo’l stantsiyasi. Temir yo’l paromi orqali Avazdi oroli bilan bog’langan. Kimyo, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Kurort shahar.