AKKAD

AKKAD (Agade) — Mesopotamiyadatn qadimgi shahar, hozirgi Bag’dodning Janubi-g’arbida. Aniq joylashgan yeri ma’lum emas. Miloddan avvalgi 24-22 – asrlarda — Mesopotamiya va Elamdan tarkib topgan davlat markazi. Akkad nomi keyinchalik Janubiy Mesopotamiyaning butun shimoliy hududiga o’tgan. Taxminan miloddan avvalgi 2200 yil yarim ko’chmanchi gutiy qabilalar tomonidan yakson qilingan.