AKKAD TILI

AKKAD TILI (qadimgi shahar Akkad nomidan) — mashxur som tillarining eng qadimgisi. Ikki dialektga — Bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois ko’pincha u Bobil-ossuriy (yoki ossuriybobil) tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi) o’ziga xos xususiyati undagi so’zlar o’zagi undoshlardan (ko’pincha uch undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda o’zakka tegishli bo’lmagan ba’zi undoshlar grammatik munosabatni yuzaga keltiradi va o’zak umumiy ma’nosini muayyanlashtiradi. Akkad tili yozuvi Shumer sillabo-ideografik mixxatiga asoslangan bo’lib, belgilar ko’p tovushli xususiyatga ega. Ular soni 500 dan oshib ketadi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857 yilga kelib to’liq o’qishga muvaffaq bo’lingan.