AKKORDEON
AKKORDEON (Fransuzcha accordeon) — 1) chap qo’l tomonda tayyor akkordlari bo’lgan tilchali musiqa asboblarining umumiy nomi. 1829 yil paydo bo’lgan. Bir tugmachasi bosilsa, butun akkord sadolangan; 2) o’ng qo’l tomonda fortepiano toifasidagi klaviaturasi bo’lgan bayansifat cholg’uning nomi. O’zbekistonda 50 – yillardan professional va havaskorlik ansambllari tarkibidan o’rin olgan.