AKKREDITIV

AKKREDITIV (lot. accredo – ishonaman) – l) naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varag’i; 2) tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko’ra amalga oshiriladigan o’zaro hisob-kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) o’ziga tegishli to’lovlarni akkreditiv topshirig’ida ko’zda tutilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi; 3) nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan ko’rsatilgan summani olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qog oz. Bundan tashqari akkreditivlar turli shaharlarda joylashgan korxonalarning mulkiy munosabatlarida (jo’natilgan mahsulodar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq to’lash), xalqaro hisob-kitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qo’llaniladi.