AKKUMULYATSIYA

AKKUMULYATSIYA (lotincha accumulate -to’planish) — yer yuzasida g’ovak mineral jinslarning to’planishidagi barcha jarayonlarning umumiy nomi. Akkumlyatsiyaning ikkita asosiy tipi mavjud — vulkanik va cho’kindi (cho’kindilarning to’planishi, sedimentasiya). Keyingisi suv havzalarining tubida (subakval Akkumlyatsiya) yoki qurukdikda (subaeral Akkumlyatsiya) sodir bo’lishi mumkin. Akkumlyatsiyani keltirib chiqaruvchi geologik omillarga qarab quyidagilar farq qilinadi: dengiz, ko’l, daryo, shamol (eol), muzlik, orogenli va boshqalar. Akkumlyatsiyalar. Akkumlyatsiyalar natijasida vulkan cho’kindi tog’ jinslari va akkumulyativ relefning turli shakllari vujudga keladi.