AKRI

AKRI — Braziliyaning shimoliy-g’arbiy qismidagi shtat. Jurua va purus daryolari yuqori oqimida. Maydoni 154 ming kilometr kvadrat. Aholisi 417 ming kishi (1991). Ma’muriy markazi — Riu-Branku shahri. Shtat yerlari nam tropik o’rmon bilan qoplangan. Geveya o’simligi sharbati, Braziliya yong’og’i yig’iladi. Ovchilik bilan shug’ullaniladi.