AKSELERATOR
AKSELERATOR (lotincha accelero — tezlataman) — ichki yonuv dvigateliga karbyuratordan tsilindrga keladigan yonuvchi aralashma miqdorini yoki dizellarda nasosdan keladigan yonilg’i miqdorini rostlab turuvchi moslama. Dvigatel valining aylanishlar sonini o’zgartirish (oshirish yoki kamaytirish) ga, ya’ni transport mashinasi harakat tezligini o’zgartirishga mo’ljallangan. Akselerator karbyurator (yoki nasos) ga tros yoki tortqi bilan ulanadi. Avtomobilda o’ng tomondagi birinchi tepki yordamida boshqariladi.