AKSELERATOR QOIDASI
AKSELERATOR QOIDASI – daromadning o’sishi (kamayishi) investitsiyalar o’sishi (kamayishi)ga olib keladi, bu o’zgarish daromadlarning o’zgarishiga proporsional bo’ladi. Masalan, aholi daromadlarining o’sishi uning bir qismini jamg’arishga imkon beradi. Bu esa vaqtincha bo’sh pullarni banklar kredit berish orqali investitsion faollikni oshirishga imkon beradi. Yoki korxonalarning foyda miqdori oshishi, ularga ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko’proq mablag’ ajratishga sharoit yaratadi.