O’zbekistonda yangi o’zbek sporti – Ucharto’p ixtiro qilindi

Maqola muallifi: Jamoliddin Bo’taqulov

Andijonlik fuqaro Jamoliddin Bo’taqulov Yangi O’zbekiston uchun yangi o’zbek sportini ixtiro qildi va uni «Ucharto’p» deb nomladi. Ucharto’p jamoaviy holatda 42×21 metr maydonda 7 ishtirokchidan ballon shaklidagi to’pni qo’li bilan yerdan 40 sm balandlikdagi diametri 2 metr bo’lgan Halqaga uloqtirib yuqori raqam jamg’arib g’alaba qozonishdan iborat o’yin bo’lib, 7 yoshdan 70 yoshgacha insonlar uchun qulay qilib yaratilgan.

Muallif bu bu g’oyani 2019 yil o’ylagan bo’lib 2022- yil 13-aprelda Intelektual mulk agentligidan patent oldi. Xozirda Marhamat tumanida o’zi o’qib bitirgan 24-umum ta`lim maktabida o’quvchi yoshlar bilan ko’rgazmali o’yinlar o’tkazib borishmoqda va mahalliy va horijiy OAV da bu haqida keng yoritilib borilmoqda. Xatto Qozog’istonlik sport fidoyilari tamonidan Qozog’iston Respublikasida ham Ucharto’pni rivojlantirish uchun taklif olindi. Bu kabi takliflar o’rganilib yaqin oylarda Respublika miqyosidagi sport Federatsiyasini ochishni o’z oldiga maqsad qilib olgan qahramonimiz Yangi o’zbek sportini dunyoga olib chiqishda hamkorlar bilan ko’rishishni o’z rejalariga kiritib qo’yganini Saytimizga ma’lum qilmoqda.