AKTSEPTSIZ TO’LOVLAR
AKTSEPTSIZ TO’LOVLAR – bankka taqdim etilgan to’lov talabnomasiga asosan amalga oshiriladigan to’lovlar. To’lovchining roziligi talab etilmaydigan hollarda qo’llaniladi (hujjatlarda maxsus «aktseptsiz» deb qayd etiladi). Masalan, kommunal xizmatlar (gaz, suv, kanalizatsiya) to’lovlari Akseptsiz to’lovlar tartibida o’tkaziladi. Shuningdek standartlarga mos kelmaydigan tovarlar uchun ortiqcha to’langan summani qaytarib olish talabnomasi, rejali to’lovlar qatoridagi talabnomalar ham Akseptsiz to’lovlarga kiradi.