AKVAKULTURA

AKVAKULTURA (lotincha aqua – suv, cultura — yetishtirish, parvarish qilish) — suv havzalaridan unumli foydalanish maqsadida suvda yashaydigan organizmlar (baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, suv o’tlari) ni nazorat qilib turiladigan sharoitda yetishtirish va parvarish qilish. Akvakultura mahsuloti jahonda muntazam o’sib boradi. Organizmlarni dengiz suvi yoki sho’r suvlarda yetishtirish marikultura deb ataladi.