AKVALANG

AKVALANG (lotincha aqua — suv va inglizcha lung — o’pka) — odamning suv ostida bemalol nafas olib suzishiga hamda ishlashiga imkon beruvchi apparat. Frantsuz sportchisi J. I. Kusto va muhandisi E. Ganyan ixtiro qilgan (1943). Akvalangdan foydalanuvchi kishi uni orqasiga tasma bilan osib oladi. Akvalangda og’izga tutiladigan moslama, «darcha»li maska yoki gidrokombinezon, suzgich, qo’lga taqiladigan chuqurlik o’lchagich, kompas va soat ham bo’ladi. Akvalangning har birida ichiga siqiq (150 kilogramm/santimetr kvadrat) havo to’ldirilgan (har biri 7 litli) 2 ballon bor. Akvalang suv ostida 40 metrgacha chuqurlikda 10 minutdan 70 minutgacha bo’lishga imkon beradi.