Akveduk
Akveduk (lotincha aqua-suv va dico-eltaman)-suv o’tkazgich-ko’prik, jar, dara, daryo, yo’l ustidan o’tkaziladigan nov yoki quvurdan iborat ko’priksimon, estakada ko’rinishidagi suv o’tkazuvchi inshoot. Dastlab Qadimgi Rimda keng tarqalgan. O’zbekistonda ham qadim zamonlardan buyon Akveduuklar yog’och va toshdan qurib kelingan. Masalan, VIII asr oxiri-IX asr boshlarida Afrosiyobni suv bilan ta’minlash maqsadida pishiq g’ishtdan Akveduuk qurilgan.