Akveduk nima?
Yirik shaharlarning aholisi har kuni milmonlab litr ichimlik suvga ehtiyoj sezadi, u esa iste’molchiga yetib kelishi uchun o’nlab kilometr oqishi kerak. Suvni yetkazib berishga xizmat qiladigan tabiiy nishablikka ega suv quvuri akveduk deb ataladi. Akveduklar qadimgi Rim zamonidan beri ma’lum. Hali miloddan 300 yil avval ham rimliklar o’z quruvchilik mahoratlaridan va gidravlika bilimlaridan foydalanib, oqar suvni va oqava ariqlarni hammomlari va villalariga qadar yetkazishgandi. Suv akveduklar bo’ylab o’zi Rimga va imperiyaning boshqa shaharlariga yetib kelardi. Hech bir qo’shimcha inshootlar va mexanizmlar talab etilmasdi: akveduklar nishabli edi va suv o’z oqimi kuchida yetib kelardi. Osova ariqlari (zaxkashlar) yer ostida yoki yerdan balandda bo’lgan. Chuqurliklar va jarliklarni kesib o’tganda ular naqshin toshko’priklar ko’rinishida qurilgan. Aynan shu inshootlar akveduk deb atalar edi. Gar vodiysidagi qo’shdarajali ko’prik bundan 2000 yil muqaddam bunyod etilgan. Uning pastki qavati – bu yo’lko’prik-viaduk, yuqoridagisi suvyo’li-akveduk ahamiyatiga ega. Qadimiy inshootning balandligi 49 m, uzunligi — 273 m. Bu akveduk bo’ylab suv ko’hna Rim shahriga yetib kelgan.