AL GOL

AL GOL — Persey yulduzi (r); qo’shaloq yulduz; eng ravshan paytida 2- kattalikda bo’ladi. Xususiyati: 2 sutka 20 soat 49 minut davomida bosh yulduz ikkinchi yulduz bilan to’silib, ravshanligi 2,2 dan 3,5 yulduz kattaligi orasida o’zgarib turadi. Quyoshdan uzoqligi — 36 parsek.