Alamkash (1846-1924) kim bo’lganini bilasizmi?
Alamkash (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom o‘g‘li) (1846 — hozirgi G‘allaorol tumani, Qizilqo‘rg‘on qishlog‘i — 1924) — shoir, xattot, tarjimon. O‘z qishlog‘ida maktab ochib, shu maktab o‘quvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan.
Alamkashning 100 dan ortiq she’rdan tarkib topgan qo‘lyozma asari, 250 dan ortiq she’rni o‘z ichiga olgan devoni va mateiatikaga oid asari bizgacha yetib kelgan.
Alamkash «Chor kitob»ni forschadan o‘zbekchaga erkin tarjima qilgan (1898). Asar Toshkentda toshbosmada 3 marta qayta nashr etilgan (1910, 1913, 1914). Devoni qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 11306) saqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- ALAMKASH
- Alibek Rustamov (1931-2013) kim bo’lganini bilasizmi?
- Alinazar Egamnazarov (1941) kim bo’lganini bilasizmi?
- Alixonto‘ra Sog‘uniy (1885-1976) kim bo’lganini bilasizmi?
- Almaiy (1851/52-1894/95) kim bo’lganini bilasizmi?
- Amin Umariy (1913-1942) kim bo’lganini bilasizmi?
- Amir Fayzulla (1945-2020) kim bo’lganini bilasizmi?
- Amirqul Karim (1960) kim bo’lganini bilasizmi?


