ALBUKERKE
ALBUKERKE – AQSh Janubiy- g’arbidagi shahar. Nyu-Meksika shtatida, Rio-grandi daryosi bo’yida joylashgan. Aholisi 385 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 449 ming kishi). Xalqaro aeroport bor. Atom energetikasi tadqiqotlarining yirik markazi. Yadro qurollari takomillashtiriladi va ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jaligi va konchilik (uran, rangli metallar) rayonining savdo-moliya markazi. Oziq ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, universitetlar bor. Shaharga 1706 yilda asos solingan.