ALDOSTERON

ALDOSTERON — buyrak usti bezi po’st qavatining gormoni; kortikosteroidlarp mansub, kortikosteron hosilasi. Molekulyar modda 360,48. Kortikosteroid faollikka ega. Dezoksikortikosterondan 100-120 marta faolroq. Aldosteron organizmda minerallar almashinuvini, natriyning bevosita so’rilishini va kaliyning siydik bilan ajralishini rostlab turadi. Aldosteron hosil bo’lishi organizmdagi suv-tuz almashinuvi va ovqat tarkibidagi natriy va kaliy miqdoriga bog’liq. Aldosteron ajralishida adrenokortikotrop gormon, angiotenzin, renin va boshqalar ishtirok etadi.