ALEKSANDR ARXIPELAGI
ALEKSANDR ARXIPELAGI – shimoliy Amerika g’arbiy qirg’og’i yaqinidagi arxipelag. Alyaska shtati (AQSh)ning bir qismi. 1100 oroldan iborat. Maydoni 36,8 ming kilometr kvadrat. Aholisi 30 ming kishidan ziyod. Balandligi 1432 metrgacha. Igna bargli o’rmonlar va Alp o’tloqlari bilan qoplangan. Baliq ovlanadi, darrandachilik bilan shug’ullaniladi, yog’och tayyorlanadi. Arxipelagda Admiralti milliy parki bor. Aleksandr arxipilagida 1741 yilda V. Bering va A. I. Chirikov ekspeditsiyasi bo’lgan. 1867 yilgacha Rossiyaga qarashli edi.