ALEYRON DONACHALARI

ALEYRON DONACHALARI, protein donachalari (Yunoncha aleuron — un-urvoq) — endospermdagi oqsil moddalarning kristallangan qattiq, dumaloq donachalari. Ular ba’zi moyli o’simliklar (mas, kanakunjut) urug’ida yirikroq, bug’doy, arpa va boshqa urug’ida esa maydaroq bo’ladi. Urug’dan unib chiqadigan maysa Aleyron Donachalari hisobidan oziqlanadi.