ALEZIYA
ALEZIYA — qadimgi gallar shaharqal’asi (hozirgi Dijon yaqinida, Frantsiya). Miloddan avvalgi 52 yilda gallar qo’zg’oloni paytida Yu. Tsezar qamal qilgan. Gallar Versingetorig rahbarligida Aleziyani mardona himoya qilganlar, ammo rimliklarning harbiy kuchi, texnikasining ustunligi tufayli, shuningdek oziq-ovqat etishmovchiligi natijasida taslim bo’lganlar. Shu bilan Galliyani zabt etish yakunlangan. Arxeologik qazishmalar (1860 yildan) natijasida Tsezar bunyod etgan qamal inshootlari va xandaqlar ochilgan. Jang maydonidan Rim va gallar qurol-yarog’lari, tangalar (miloddan avvalgi 52 yil) topilgan. Shahar Rim davrida ham mavjud bo’lgan: Rim teatri, ibodatxona va boshqalar ochilgan. O’rta asrlarda shahar huvillab, bo’shab qolgan. Hozir Aleziya o’rnida Aliz shahri xarobasi va Aliz-Sent-Ren qishlog’i joylashgan.