ALGEBRAIK TENGLAMA
ALGEBRAIK TENGLAMA – chap tomoni noma’lumlardan tuzilgan ko’phaddan iborat bo’lgan tenglama. Noma’lum x ning tenglamani qanoatlantiradigan, ayniyatga aylantiradigan qiymatlari tenglamaning ildizlari yoki yechimlari deyiladi. Algebraning asosiy masalalaridan biri Algebraik tenglamaning ildizlarini topishdan iboratdir. 1, 2, 3 va 4 darajali Algebraik tenglama ildizlarini topish formulalari ma’lum, darajasi 5 va undan ortiq bo’lgan tenglamalar uchun bunday formulalar umumiy holda mavjud emas. Ammo koeffitsientlari kompleks sonlar bo’lgan ixtiyoriy tenglama kompleks yechimga ega.