ALI IBN MUHAMMAD SARAXSIY
ALI IBN MUHAMMAD SARAXSIY (11- asr oxiri — 12 – asr 1 – yarmi) — me’mor. Xuroson amiri Abu Sa’id buyrug’i bilan Jarqo’rg’ondagi minorani qurgan (1108-09). Nomi minorada saqlanib qolgan. Azim minoraning tanasi (piltovar) chorsi g’isht bilan terilgan. Minora kursisi va yuqoridagi halqasida kufiy yozuvlari bor. Minora tuzilishi me’morning yuksak didi, san’ati va mahoratini namoyish etadi. U Xurosondagi Raboti Sharif karvonsaroyini ham yozuv bilan bezagan (1114— 15).