Alili qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Alili qishlog’i haqida eshitganmisiz? – QQASSR, Amudaryo rayonida. Bu nomad kanal ham bor. Alili turkmanlarning ali-eli urug’i nomi bilan aloqador. Ali-eli urug’i Xiva xonining marhamati bilan Qilichniyozboy qal’asi atrofidan yer olib, shu yerda yashay boshlaganlar. Ularning qishlog’i Alili nomi bilan yuritilgan, qishloqqa boradigan ariq ham qishloq nomi bilan atalgan. Hazorasi rayonidagi Aliulik toponimi ham ali elining shevada fonetik o’zgarishga uchragan formasidir.

Fikr bildirish