Alkabala

Alkabala (arabcha al-qabala – kafolat, garov, shartnoma, undirish) – Ispaniya va uning mustamlakalarida savdo bitimlaridan olingan soliq (XII asr-1845). Daslab Alkabala shahar kengashlari foydasiga undirilgan soliq bo’lgan. 1342 yili qirol Alfonso XI Kastiliyalik soliqni 3 yil davomida qirollik foydasiga undirish huquqini qo’lga kiritdi. 1349 yildagi qirol qarori bilan davlatning muntazam solig’iga aylandi. Bu soliq turi qirollik xazinasiga eng katta daromad keltirgan. Alkabalaning 1571 yili Niderlandiyada joriy etilishi 1572 yili yalpi qo’zg’olon ko’tarilishiga sabab bo’lgan.