ALKID SMOLALAR
ALKID SMOLALAR, poliefir smolalar — kup atomli spirtlarning ko’p asosli kislotalar bilan polikondensatlanishidan hosil bo’ladigan polimerlar. Alkid smolalar jumlasiga gliftal smolalar (ftal angidrid bilan gliserin asosida olinadi) va pentaftal smolalar (ftal angidrid bilan penta-eritrit asosida olinadi) kiradi. Alkid smolalar metallarni sirlashda va elektr tokini o’tkazmaydigan materiallar ishlab chiqarishda lok o’rnida ishlatiladi.