ALKOGOL PSIXOZLARI

ALKOGOL PSIXOZLARI, metalkogol psixozlar — alkogolizma» ro’y beradigan ekzogen-organik ruhiy kasalliklar majmui. Alokol psixozlari surunkali alkogolizmning o’rta va so’nggi bosqichlarida etil spirtining organizmda parchalanishi vaqtida hosil bo’ladigan zaharli moddalar ta’sirida moddalar almashinuvining buzilishidan vujudga kelgan metabolitlarning Markaziy nerv sistemasiga zaharli ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Alkogol deliriysi, «oq alahlash» (ong xiralashuvi, ko’rish, eshitish va boshqa gallyusinasiyalar, betokatlik, turli somatik va nevrologik xastaliklar), alkogol gallyusinozi (boshqalar taxdid solayotganday tuyuladigan eshitish gallyutsinasiyasi va hokazolar). O’tkir va surunkali, shuningdek rashk vasvasasi ko’proq uchraydi.