ALMANDIN
ALMANDIN — granatlar guruhiga mansub mineral. Qattiqligi 7-7,5. Sof ogirligi. 3,8—4,3. Rangi qizil, to’q qizil. Shishasimon va yog’simon, yaltiroq. Almandin slyudali slaneslarda, granitlarda, granitli pegmatitlarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Almandin pegmatitlar ichidan topilgan. Juda yaltiroq, shaffof Almandin qimmatbaho tosh hisoblanib, zargarlik buyumlari yasashda ishlatiladi. Bunday Almandin ba’zan yoqut deb ataladi. Almandin ning nuqsonli turlari abraziv material sifatida ishlatiladi.