ALMAT
ALMAT — Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasidagi shahar (1953 yildan). Zay daryosi (Kama irmog’i) ning chap sohilida. Minnibayevo temir yo’l stantsiyasidan 18 kilometr shimoliy-Sharqda. Chistopol, Bugulma va boshqa shaharlar bilan avtomobil yo’li orqali bog’langan. Aholisi 133 ming kishi (1992). 1950 yilda neft koni yaqinida shaharcha sifatida paydo bo’lgan. Almat — Tataristondagi neft sanoatining muhim markazi. Neft va gaz qazib olinadi. Neft qazib chiqarish sanoati uchun mashina va jihozlar ishlab chiqariladi. Gazni qayta ishlash, shina tuzatish, avtotraktor tuzatish, temir-beton konstruktsiyalari, yog’ochsozlik, g’isht zavoddlari, drama teatri bor. Almat yirik neft quvurining boshlang’ich punkti.