ALOE

ALOE, aloy (Aloe) — loladoshlar oilasiga mansub doim yashil, ko’p yillik o’tlar (ba’zan daraxtlar) turkumi. Tropik va subtropik mintaqalarda o’sadi. Qariyb 180 turi ma’lum. Aloe turlari gultuvakda ham o’stiriladi; ularning bargi semiz, sersuv, qalin va tikanli. Aloe bargidan olinib quritiladigan shira — Sabur surgi sifatida, konservasiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitchk davolashda ishlatiladi. Aloening bargidan olinib konservatsiya qilingan biostimulyatorlarga boy ekstrakta organizm mustahkamligini oshiruvchi vosita sifatida teri ostiga yuboriladi.