ALUSHTA

ALUSHTA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1902 yildan). Qrim yarim orolining Janubiy sohilida. Aholisi 37,6 ming kishi (1991). Iqlimiy kurort. Simferopoldan 45 kilometr va Yaltadan 32 kilometr. Qrimning Janubiy sohilidagi boshqa kurortlarga nisbatan iqlimi ancha salqin. Tarix-o’lkashunoslik, tabiat muzeylari bor. Shahar 6-asrda vujudga kelgan. 14-asrdan genuyaliklar, 1475 yildan turklar kul ostida. 1783 yilda Alushtani Rossiya bosib olgan edi.