ALYUMINIY FTORID
ALYUMINIY FTORID, A1F3 – ftorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 3100 kg/m3, suvda oz miqdorda eriydi (100 gramm suvda 0,56 gramm). Alyuminiy ftorid kislotada yaxshi eriydi (bunda kompleks birikmalar hosil bo’ladi). Alyuminiy ftorid alyuminiy gidroksid A1(on)3ni vodorod ftorid (ng’) ning 15% li eritmasida eritish yoki alyuminiy oksid (A12O3)ga 400-700° da ng’ ta’sir ettirish bilan olinadi. Ishqoriy metallarning ftoridlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Alyuminiy ftorid sanoatda kriolitdan alyuminiy olish va tozalash jarayonida elektrolitlarga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.