ALYUMOGEL

ALYUMOGEL — faol alyuminiy oksid. Chinniga, ayrim hollarda shaffof shishaga o’xshash g’ovak modda. Alyuminiy gidroksid ivig’ini ohista quritish usuli bilan olinadi. Alyumogel adsorbtsiya jarayonlarida — sanoat gazlarini quritishda (namdan tozalashda), suyuqliklarni rangsizlantirishda (neftni qayta ishlash, qand-shakarni oqartirishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida), katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.