AMAZONKA

AMAZONKA — Janubiy Amerikadagi daryo, sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda birinchi o’rinda, uzunligi jihatidan (6,4 ming kilometr, Ukayali irmog’i bilan taxminan 7 ming kilometr) Nil daryosidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Amazonka 7180 ming kilometr kvadrat maydondan suv yig’adi. Asosiy irmog’i — Maranon. Sharqiy Kordilera tog’ tizmasini kesib o’tgandan keyin Amazonka paettekisligiga chiqadi va Ukayali daryosi bilan qo’shilib Amazonkani hosil qiladi. Amazonkaga taxminan 500 irmoq quyiladi, ko’pchiligi yirik daryo hisoblanadi. O’ng tomondan Ukayali, Jurua, Madeyra, Tapajos, Shingu, chapdan — Isa, Yapura, Riu-Negru daryolari qo’shilib kengaya boradi, o’rta oqimida 5 kilometr, dengizga quyilish oldida 80-150 kilometrgacha kengayadi. Amazonkaning chuqurligi o’rta oqimida taxminan 70 metr, quyilish joyida 15-45 metr. Dare doim sersuv, may — iyunda toshadi. Amazonka yil davomida o’z havzasidan 1 milliard tonna loyqa oqizib keladi. O’rtacha suv sarfi 220 ming m3/sek. Aling irmoqlarida yirik Viktoriya-regiya o’simligi o’sadi, suv hayvonlaridan lamantinlar, delfinlar, suv cho’chqalari yashaydi. 2000 baliq turi bor. Amazonka kemalar qatnay oladigan qismining uzunligi 4300 kilometr. Manaus shahrigacha (okeandan 1690 kilometr) yirik okean kemalari qatnaydi. Asosiy portlari: Ikitos, Manaus, Obidus, Santarel, Belen.