AMBROZIYA

AMBROZIYA (Ambrosia) – 1) qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko’p yillik o’tlar turkumi, 30 ga yaqin turi bor. Amerika, Osiyo, Yevropa, Afrika va Avstraliya hamda Tinch va Atlantika okeanlaridagi ko’pgina orollarda tarqalgan. Qozog’iston, Shimoliy Kavkaz, Ukraina va Rossiyadagi bir qancha turlar zararkunanda begona o’t hisoblanadi; 2) daraxtlar poyasidagi po’stloqxo’r qo’ng’izlar ochgan yo’llarda o’sadigan sodda xaltali zamburug’lar mitseliysi tanasining oq yoki qizg’ish g’ubori. Ambroziya mitseliysi qo’ng’izlar uchun oziq bo’ladi. Ambroziya bilan qo’ng’izlar o’rtasidagi munosabat simbioz yashashga misol bo’ladi. Chunki Ambroziya faqat daraxt yog’ochi bilan emas, balki qo’ng’izlarning axlati hisobidan ham oziqlanadi. Ambroziya spora hosil qiladi, maxsus hujayralari urg’ochi po’stloqho’r qo’ng’izlar ichagi orqali boshqa sog’lom daraxtlarga o’tadi. Masalan, rophoma zamburug’i hosil qiladigan Ambroziya burchoqdoshlar, piyozguldoshlar tanasida qo’shqanotli hasharotlar paydo qiladigan bo’rtmalarda uchraydi.