AMFILINIDLAR
AMFILINIDLAR (Amphilinida) -yassi chuvalchanglar tipining sinfi. Baliqlar va suv toshbaqalarining tana bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Tanasi bargeimon yoki tasmasimon, uzunligi 2-38 santimetr. Yopishuv organlari va ichagi bo’lmaydi. Germafrodit, jinsiy organlari takrorlanmaydi. Bo’g’in almashinuv orqali ko’payadi. Tuxumlari suvda rivojlanadi. Kiprikli lichinkasi (likofora) oraliq xo’jayini (yonlab suzarlar, o’noyoqli qisqichbaqasimonlar) tana bo’shlig’iga o’tib, metamorfozga uchraydi. Oraliq xo’jayini bilan birga asosiy xo’jayini (baliq, toshbaqa) oshqozoniga tushganida uning tana bo’shlig’iga o’tib oladi va parazitlik qilib voyaga etadi. Amfilinidlar 1 oilaga mansub 8 to’rni o’z ichiga oladi. Bakra baliklarda parazitlik qiluvchi Amphilina foliacea keng tarqalgan.