AMFISBENALAR
AMFISBENALAR, halqali kaltakesaklar (Amphisbae nidae) — kaltakesaklar oilasi; 17 tacha uruqqa bo’linadigan 120 tacha turi bor. Ular, asosan, tropik Amerika bilan Afrikada tarqalgan. Besh turi Ispaniya va Portugaliyada, bittasi Eronda uchraydi. Tuzilishi yerni kovlashga va yer ostida yashashga moslashgan. Tanasi tsilindr shaklida, halqalarga bo’lingan, oyoklari yo’qolib ketgan yoki oldingisi rudiment holda qolgan; terisi qattiq tangachalari yo’q; ko’zi kichkina va teri bilan qoplangan, eshituv a’zosi rivojlanmagan; bitta chap o’pkasi bor. Yomg’ir chuvalchangi singari, yerni kovlab tor yo’l ochadi va to’mtoq dumi bilan oldinga harakat qiladi. Shuning uchun ular ikki boshli kaltakesak deb ham yuritiladi. Amfisbenalarning ko’p turlari chumoli va termitlar uyasida yashaydi. Turli hasharotlar, qirqoyoq va yer ostida yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tuxumini o’z uyasiga yoki termit va chumolilar iniga qo’yadi. Hirot, ibijara, chipor Amfisbenalar bu oilaning tipik vakili hisoblanadi.