AMFITEATR
AMFITEATR (Yunoncha amphitheatron — ikki tomonlama tomosha) — 1) qadimgi Yunon va Rimda ommaviy tomoshalar, teatr spektakllari ko’rsatiladigan mahobatli bino. Amfiteatr— o’rtasidagi maydoni ellips shaklidagi ulkan inshoot; uning tomoshabinlar uchun mo’ljallangan qator-qator o’rindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida ko’tarilib boradi. Amfiteatrda arklar, ustunlar va ular orasida gumbazli galereyalar bo’lgan.