Amfiteatr

Amfiteatr (yunoncha amphitheatron-ikki tomonlama tomosha)-Qadimgi Yunoniston va Rimda ommaviy tomoshalar, teatr spektakllari ko’rsatiladigan mahobatli bino; uning tomoshabinlar uchun mo’ljallangan qator-qator o’rindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida ko’tarilib boradi. Amfiteatrda arklar, ustunlar va ular orasida gumbazli galereyalar bo’lgan. Eng mashhur Amfiteatr milodiy 80 yili Rimda qurilgan va o’z bag’riga 50 ming tomoshabinni sig’dira olgan Kolizey hisoblanadi.