AMFORA
AMFORA (lotincha amphora, Yunoncha amphoreus — so’zidan: amphi — ikki tomondan, phero — ko’tarib boraman) — antik davrda ishlatilgan yuqori qismi keng, tag qismi va og’zi tor, ikki dastali, sopol, ba’zan metalldan tayyorlangan idish. Vino, yog’saqlash va tashishda, ba’zan ziyofatlarda bezatilgan Amfora turlaridan foydalanilgan. Bo’yama naqshlar, tasvirlar bilan bezatilgan, qadimgi va klassisizm davriga oid Amforalar badiiy qimmatga ega. Arxeologik qazilmalar O’rta Osiyo hududida ham (jumladan, Surxondaryo hududida topilgan, miloddan avvalgi 3-2 asrga mansub) Amforasimon idishlar tayyorlanganligini ko’rsatadi.