Amfora
Amfora (lotincha amphora, yunoncha amphoreus so’zidan; amphi-ikki tomondan, phero-ko’tarib boraman)-antik davrda ishlatilgan yuqori qismi keng, tag qismi va og’zi tor, ikki dastali, sopol, ba’zan metalldan tayyorlangan idish. Vino, yog’ saqlash va tashishda, ba’zan ziyofatlarda bezatilgan Amfora turlaridan foydalanilgan. Arxeologik qazilmalar O’rta Osiyo hududida ham (jumladan, Surxondaryo hududida topilgan, miloddan avvalgi III-II asrlarga mansub). Amforaga o’xshash idishlar tayyorlanganini ko’rsatadi.