AMINOQANDLAR

AMINOQANDLAR, aminodezoksiqandlar — molekulasidagi bir yoki bir necha gidroksil guruhlar (aldozalardagi yarimasetil yoki ketozalardagi yarimketaldan tashqari) o’rniga almashingan yoki almashinmagan aminoguruhlar kiritilgan monosaxaridlar. Aminoqandlar qaytaruvchilar bo’lib, qandlarga xos reaktsiyalarga kirishadi, lekin asoslar xossalarini namoyon qiladi. Ular tabiatda keng tarqalgan, hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlarning murakkab oqsillari, lipidlar, polisaxaridlar, glyukozalar va b. tarkibida uchraydi, ko’pgina gormonlar, antibiotiklar va boshqa biologik muhim moddalar tarkibiga kiradi. Aminoqandlardan glyukozamin va galaktozaminlar keng tarqalgan. Ko’p Aminoqandlar sintetik usulda olingan.