AMIR MASJIDI

AMIR MASJIDI — Qohiradagi qadimgi Arab me’moriy yodgorligi (642— 643). Amir masjidini Arab sarkardasi Amir ibn al-Os qurdirgan. Masjid so’nggi davrlarda ko’p marta qayta qurilishiga qaramay dastlabki holatini saqlab qolgan. Hovli ko’p ustunli ayvon bilan o’ralgan, o’rtasida favvora bor. Ustunlar ustiga o’rnatilgan boshalari yarim doira shaklidagi ravoqlarni tutib turadi.