Sohibqiron Amir Temurning shaxsi uning avlodlari bo’lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun ma’rifiy insoniyatning boyligidir. Islom Karimov
Kimki o’zbek nomi, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak! Islom Karimov
Men Amir Temur zamonida bo’lsaydim, uning qilgan ishlarini bajara olmasdim. U mening zamonimdaa kelsaydi, qilgan ishlaridan-da juda ko’p buyuk ishlarni ado etgan bo’lardi… Mustafo Kamol Otaturk
Sohibqironing himmati ul erdikim, yo’llar aning ayyyomi davlatida emin bo’lg’ay vax udo bandalari har sorikim borsalar, alarg’a tashvish va taraddud bo’lma’g’ay, farog’at bila borib kelg’aylar. Munga ko’b sa’y qilur erdi… Sharafiddin Ali Yazdiy
Sohibqiron davlatining o’ziga xos belgilaridan yana biri shu ediki, hukmdorligining ibtidosidan intihosigacha uning lashkari bironta cherikdan mag’lubiyatga uchmadi. Hafizi Abro’
Amir Temur qanchadan-qancha dah ova hufiyona fikru zakovatga ega edi… Ibn Arabshoh
…Hoqoni jahongiri Sohibqiron, ya’ni (Amir) Temur Ko’ragon, agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xo’b mahal va mavqe’da o’qubdurlarkim, aningdek bir bayt o’qug’oni ming bayt aytqoncha bor… Alisher Navoiy
Amir Temurga do’stlik huzur bag’ishlar edi. Yoqimliligi tufayli do’stlar orttirdi, ularni qadrlar bildi, ularga do’st hisoblanishdan or qilmadi. Zero, Amir Temur do’stlikka faqat do’stlik bilangina javob berish mumkinligini yaxshi bilar edi. L. Langle
Amir Temur avvalo Osiyo qo’mondoni bo’lgan va o’z davrining udum va odatlari bo’yicha o’zining g’olibona qo’shini va qurollaridan foydalandi. Xerman Vamberi
Amir Temur jonboz bunyodkor edi, u ajoyib bog’-rog’li muhtasham inshootlar barpo etdi, shahar va qishloqlarni tikladi. Sug’orish tizimlari barpo qildi va ta’mirladi, rasmiy tarix ta’biriga ko’ra, u ekin ekishga yaroqli bir qarich yerni ham bekor qo’ymasdi. V. V. Bartold
Amir Temurning 1402 yilda Anqarada erishgan g’alabasi faqat Osyo tarixidagina ulkan ahamiyatga ega emas. Amir Temur beixtiyor ikkinchi marta Yevropa xalqlariga xizmat ko’rsatdi. A.Yu.Yakubovskiy
Mamlakatga kuchli hokimiyat kerak edi va Amir Temur uni barpo etdi. Amir Temur “askariy hukmdor” bo’lib qoldi. L.N.Gumilyov
Amir Temur Doro, Iskandar, Tsezar salohiyatiga teng yoki ularning barini ortda qoldiruvchi buyuk ishni ado etib hokimiyat tepasiga keldi va ketma-ket g’alabaga erishaverdi. Tilman Nagel