Sohibqiron hikmatlaridan namunalar

  • Bir ishga kirishishdan oldin chiqishni o’ylab qo’y.
  • Chin do’st uldirki, do’stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi.
  • Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, jang ko’rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradur.
  • Yuz ming otliq askar qilolmagan ishni bir to’g’ri tabir bilan amalga oshirish mumkin.
  • Biror ishni bajarishni o’ylasam butun zehnim, vujudim bilan bog’lanib, bitirmagunimcha undan qo’limni tortmadum. Har neki desam unga o’zim amal qildum.
  • Raiyat ahvolidan ogoh bo’ldim, ulug’larini og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rdum.
  • Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarini esa o’z yomonliklariga tobshurdum.
  • Hokimlaru sipohdan qay birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko’rdum.
  • Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o’zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroq bo’lishga intildim.
  • Davlatu saltanat uch narsa: mulk, xazina va lashkar bilan tikdur.
  • Erlik ishida ahdni sindurmoq ravo yo’qtur va ahdni sindurg’on kishini er (kishi) desa bo’lmas.
  • Hukmdor ishni shu yo’sunda olib borsunki, toki u adolat, haqiqat, hukmdorlik zaruriyatlari va ra’iyatparvarlik uchun kafolat bo’la olsun; uning qoidalariga shundaay bir tarzda amal qilsunki, toki u olamning obodligi va basharning tinch-totuvligi bilan yakun topsun.
  • Himmatni baland tutmak kerak, ko’ngulni xudoga bag’ishlamak kerak, to hazrati Alloh har ishda madadkor bo’lg’ay.