Amirlik

Amirlik-islom mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mulk, viloyat. Arab xalifaligi davrida bunday mulk boshlig’i xalifa tomonidan tayinlangan yoxud tasdiqlangan. Xalifalik parchalangandan to XX asrgacha ham mustaqil, ham vassal mulklar Amirlik deb atalgan (masalan, Arabiston yarimorolidagi Najd, Shammor, Asir, hozirgi Birlashgan Arab Amirliklari va boshqalar). Muayyan davlat birlashmasining Amirlik deb atalishi shartli bo’lib, tarixshunoslikda qabul qilingan an’anaga bog’liq (masalan, Buxoro Amirligi).