AMUNDSEN RUAL

AMUNDSEN RUAL (1872.16.7 – 1928) — norveg qutb sayyohi. Birinchi marta 1903 — 06 yillarda «Yoa» kemasida shimoliy-g’arbiy dengiz yo’li orqali Grenlandiyadan Alyaskaga o’tdi. Kanada Arktikasidagi King-Vilyam orolida ikki yil davomida muhim geomagnit kuzatishlar o’tkazdi. Amundsen 1904 yil Butiya-Feliks yarim orolida shim. magnit qutbini tekshirdi va shu atrofdagi 100 ga yaqin orollarni birinchi bo’lib xaritaga tushirdi. 1911 yil «Fram» kemasida Antarktikaga ekspeditsiya uyushtirdi. O’sha yili 14 dekda tarixda birinchi bo’lib (R. Skottdan bir oy oldin) Janub qutbga yetib bordi va u yerdan qaytishda Qirolicha mod tog’tizmasini (balandligu 4500 metr) kashf etdi. Amundsen 1926 yil 12 — 13 mayda birinchi marta Arktika ustidan «Norvegiya» dirijablida Shpisbergen — Shimoliy qutb — Alyaska marshruta bo’yicha uchib o’tdi. 1928 yilda Umberto Nobile ekspedisiyasi halokatga uchragach, Amundsen ekspeditsiyachilarga yordam ko’rsatish uchun 18 iyunda gidrosamolyotda uchib borayotganda u ham Barents dengizida halokatga uchrab bedarak yo’qolgan. Amundsen o’z sayohatlari haqida bir necha asar yozgan. Amundsenning rus tilida: «Muz okeani ustidan uchib o’tish» (L., 1927, L. Elsvort bilan birgalikda yozilgan), «Mod» kemasida Osiyoning Shimoliy sohili bo’ylab ekspeditsiya (1929), «Janubiy qutb» (1937), besh jildli asarlar to’plami (L., 1936 — 39), «Mening hayotim» (M., 1959) va boshqa asarlari bosilib chiqqan. Antarktida yaqinidagi bir dengiz va Amerika qutb stansiyasi (Amundsen — Skott) hamda tog’ tizmasi, qo’ltiq, suv osti soyligi (shimoliy Muz okeanida) Amundsen nomiga qo’yilgan. Ad.: Dyakonov M., Amundsen, M., 1937; Yakovlev A., Rual Amundsen, M., 1948.