ANABOLIZM

ANABOLIZM (Yunoncha anabole — ko’tarilish) — hujayralar va to’qimalar tarkibiy qismlarining hosil bo’lishi va yangilanishida tirik organizmlarda kechadigan barcha kimyoviy jarayonlar majmui. Anabolizmning aksi bo’lgan katabolizmda esa birmuncha oddiy moddalardan murakkab moddalar sintezlanib, energiya jamg’ariladi. Biosintez uchun zarur bo’lgan energiya (asosan ATF shaklida) biologik oksidlanish katabolitik reaktsiyalarida etkazib beriladi. Anabiozim organizmlarning o’sish davrida (hayvonlarda yoshlik davrida, o’simliklarda — umr bo’yi) jadal kechadi. Fotosintez planetar ahamiyatga ega bo’lgan eng muhim Anabolizm jarayoni hisoblanadi.